Samarqand tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Samarqand tumanida bo‘lib o‘tgan navabatdagi faollar yig‘ilishida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limi boshlig‘i va o‘rinbosarlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Unda Mardonov Said Sobirovich tuman hokimining o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i etib tasdiqlandi.
Said Mardonov bugungi kunga qadar tuman hokimligi devonxona yetakchi mutaxassisi vazifasida ishlab kelgan.
Deputatlar shuningdek, Rafiyeva Zulfiya To‘xtamishevnani tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqladi.
Zulfiya Rafiyeva 2018 yildan bugungi kungacha Samarqand tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.
Bo‘lim boshlig‘ining yana bir o‘rinbosari lavozimiga Xalikov Uktam Salimovich nomzodi ko‘rib chiqildi.
2019 yildan bugungi kungacha Samarqand tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan U.Xalikov yangi bo‘lim boshlig‘ining xavfsiz mahalla faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib boradi.
Shuningdek, Nabiyev Muyinjon Xamitovich bo‘lim boshlig‘ining keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshlaydigan bo‘ldi.
Muinjon Nabiyev 2017 yildan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand tumani kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Faollar yig‘ilishida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.