Samarqand tumani Yuqori Turkman mahallasidagi xonadonlardan birida 2 kishining jasadi topilgan
- 22.12.2021 10:58
- 1199
- Hodisa
Holatni batafsil o‘rganish uchun tuman hokimining qarori qabul qilingan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, fuqarolar ehtiyotsizlik oqibatida tabiiy gazdan foydalanib, etiologik zaharlanishdan vafot etgani aytilmoqda.
Mazkur holatni o‘rganish uchun tuman komissiyasi tuzilgan. Komissiya tomonidan baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joyning holati bo‘yicha o‘zgarishlarni qayd etish, tabiiy gazdan foydalanish uskuna va jihozlarning turi, rusumi, markasi, ularning joylashuv o‘rni va texnik holatini aniqlash, dudbo‘ron va shamollatish kanallarining loyiha hujjatlariga, belgilangan norma va qoidalarga muvofiqligini aniqlash, baxtsiz hodisa guvohlari bilan suhbat olib borish kabilar ko‘zda tutilgan.
Teglar:
is gazidan zaharlanish