Samarqand tumanida qariyb 200 million so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlari aniqlandi
- 22.05.2024 12:09
- 83
- Samarqand
Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida Samarqand tumanidagi “Parrandachilik” MFY hududidagi “O.” MChJga qarashli savdo do‘konda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Korxona rahbari R.N. hech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 197,5 mln. so‘mlik 68 turdagi jami 6 545 dona alkogol mahsuloti hamda 18 turdagi jami 2 390 quti tamaki mahsulotini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa