Samarqand tumanida yangi sayyohlik ob’yekti ochildi
- 17.10.2020 18:22
- 470
- Samarqand
Ohalik tog‘ yon-bag‘rida joylashgan Yangiariq mahallasi hududida tashkil etilgan “Oqbo‘yro garden” ekoturizm maskani maroqli dam olish uchun oromgohlar, milliy ko‘rinishdagi shiyponlar, suzish havzasi, bolalar o‘yin maydonchasini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ochiq havoda mehmonlar uchun konsert va shou-dasturlar namoyish etiladi. Hududga tashrif buyuruvchilar tog‘ manzarasidan bahramand bo‘lishi hamda piyoda, otda yoki eshakda sayr qilishlari mumkin.
Mehmonlar uchun ekstremal turizm xizmatlaridan foydalanish, kvadrotsikllarda sayr qilish, paroplan, deltaplan va havo sharlarida parvoz qilish imkoniyatlari ham yaratilgan. Zamonaviy talablarga javob beradigan loyihaning umumiy qiymati 10 milliard so‘mdan ortiq.
Mazkur maskanning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov va Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand