Samarqand tumanining yangi hokimi qayerlarda ishlagan?

Bugun, 15 mart Samarqand tumanida hokim vazifasida ishlayotgan Usmonov Sirojiddin Xayrullayevichning tug‘ilgan kuni.

S.Usmonov 1999 yilda Samarqand davlat universitetini, 2001 yilda Toshkent davlat yuridik instituti va 2010 yilda Bosh prokuratura akademiyasini tamomlagan.

Dastlab 2001 yilda Past Darg‘om tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi sifatida faoliyat boshlab, yordamchi, katta yordamchi vazifalarida mehnat qilgan.

2003 va 2011 yillarda Samarqand viloyati prokurorining voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha yordamchisi, katta yordamchisi bo‘lgan. Keyinchalik respublika Bosh prokuraturasida ishlagan.

U bu yerda boshqarma prokurori, katta prokuror lavozimlarida faoliyat yuritib, 2015-2017 yillarda Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori bo‘lgan.

Keyinchalik Prezident devonining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha xizmati ichki ishlar organlari masalalari bo‘yicha sho‘’basi yetakchi inspektori, bosh inspektori sifatida faoliyat olib borgan.

S.Usmonov 2018 yil 9 apreldan Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.