Samarqand va Pusan shaharlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik memorandumi imzolandi
- 29.08.2023 13:49
- 92
- Samarqand
Janubiy Koreyaning Pusan shahri hokimi o‘rinbosari Li Song Kvon boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Samarqand shahrida mehmon bo‘lib turibdi, deya xabar bermoqda Samarqand shahar hokimligi.
Bugun shahardagi yoshlar markazida delegatsiya a’zolari bilan Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand va Pusan shaharlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash haqida gap bordi. Shuningdek, uchrashuvda ikki shahar o‘rtasida fan, ta’lim, savdo, turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.
Uchrashuvda Samarqand va Pusan shaharlari o‘rtasida "Do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish" memorandumini imzolash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Teglar:
Samarqand shahri
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 1 soat avval
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- 1 soat avval
- Mutolaa
Xotin-qizlar sportda bellashdi
- Bugun, 11:58
- Sport
Sudya va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
- Bugun, 11:51
- Samarqand