Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali tashkil etiladi
- 04.10.2019 11:08
- 1200
- Ta’lim
Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to‘g‘risida Hukumat qarori (840-son, 03.10.2019 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali institutning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Filialda quyidagi bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
- Zooinjeneriya;
- Veterinariya meditsinasi;
- Veterinariya-sanitariya ekspertizasi;
- Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari.
Filialda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi va qabul qilinadigan talabalar soni respublika OTMlariga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, filial Prezidentning 2019 yil 28 martdagi PQ–4254-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Qulupnay sotib, "Damas" oldik
- Bugun, 11:43
- Qishloq xo'jaligi
Bor tarixni nega ko‘rsatolmaymiz?
- Kecha, 16:10
- Madaniyat