Samarqand viloyat adliya boshqarmasida “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi tashkil etildi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan start berilgan “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi Samarqand viloyat adliya boshqarmasida ham tashkil etildi.

Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutining ma’lumotiga ko‘ra, pandemiya davrida donorlar soni keskin kamaydi va og‘ir bemorlarning donorlik qoniga bo‘lgan talabi sezilarli darajada oshdi.

Donorlik har qanday inson qilishi mumkin bo‘lgan oddiy, shu bilan birga oliy qahramonlikdir.

Viloyat adliya boshqarmasi, Notarial Palataning viloyat hududiy boshqarmasi hamda yuridik texnikumning ko‘ngilli xodimlari ham ushbu xayrli ishga qo‘l urib, insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini targ‘ib etish maqsadida “Mehr ulash” xayriya qon topshirish aksiyasida ishtirok etib, qon topshirishdi.

Aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad donorlikni rivojlantirish va rag‘batlantirishdir.