Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi delegatsiya Shandunda ham manfaatli kelishuvlarga erishdi
- 11.04.2019 09:02
- 361
- Dolzarb
Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan E.Turdimov boshchiligidagi viloyatimiz rahbarlari va tadbirkorlari 10 aprel kuni Shandun provinsiyasining Szinan shahrida bo‘ldi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, delegatsiyamiz dastlab “CNHTC Sinotruc Group” milliy korporatsiyasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Szinan shahri rahbari hamda Shandun provinsiyasi vitse-gubernatori bilan rasmiy uchrashuvlar chog‘ida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik o‘rnatishga kelishildi.
Mazkur hududlar hukumati vakillari hamda 150 nafarga yaqin tadbirkorlar ishtirokida biznes forum o‘tkazildi. Unda viloyatimiz investitsion imkoniyatlari va tadbirkorlik sub’yektlari uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Viloyatimiz hamda Shandun provinsiyasi tadbirkorlari hamkorlik ishlash bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Bir qator memorandum va shartnomalar imzolandi.
Bugun – 11 aprel kuni delegatsiya a’zolari Sindao va Shouguan shaharlarida bo‘ladi.