Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Endilikda boshqarmani Hamdamov Oybek Aslonjonovich boshqaradi.

Viloyat bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Oybek Hamdamov ushbu tayinlovgacha Samarqand viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi mahalliy davlat hokimiyati, davlat organlari faoliyatini moliyaviy ta’minlash sektori mudiri lavozimida ishlagan.