Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov: Istiqbolli loyihalar ijrosi aholi turmush farovonligiga xizmat qiladi (Audio)
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida mahalliy hokimliklar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari, sanoat korxonalari rahbarlariga muhim topshiriqlar bergan edi. Ayni paytda ushbu vazifalar ijrosiga qizg‘in kirishilgan.
Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov ma’lumot berdi:
- Prezidentimizning Samarqand viloyati faollari ishtirokida o‘tkazgan yig‘ilishi bayonida belgilangan 131 ta topshiriqning o‘z vaqtida amalga oshirilishi viloyatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Xususan, 2019-2020 yillarda viloyatimizda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish maqsadida 859 ta loyiha amalga oshiriladi. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati 12 trillion 68,4 milliard so‘mni tashkil etib, ularning amalga oshirilishi natijasida 18 ming 114 ta ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholini uy-joy bilan ta’minlash, qishloqlarni ko‘rkamlashtirish, aholi salomatligini saqlash maqsadida ham istiqbolli loyihalarni amalga oshiramiz.