Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosarlari o‘zgardi
- 13.01.2019 17:03
- 708
- Samarqand
Samarqand viloyat hokimi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Xudoyberdiyev Shunqor Farmonovich Past Darg‘om tumani hokimi etib tayinlangach, uning o‘rniga shu paytgacha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan O‘roqov Jamshid Rajabovich viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Xodjayev Oybek Erkinovich viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bu lavozimda 2018 yil fevralidan buyon ishlab kelgan Boboyev Otabek Burxonovich o‘rnini egalladi.