Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarni ogohlantirdi

- Zaruratsiz uydan chiqmang!

- Zaruriy mahsulotlarni xarid qilish uchun faqat bir kishi o‘zining yashash hududidagi savdo nuqtalariga chiqsin.

- Savdo do‘konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi.

- 65 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan va surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar tashqariga chiqishi qat’iyan man etiladi.

- Taksi haydovchilariga yo‘lovchi tashish qat’iyan taqiqlanadi (bunda kurerlik faoliyatiga ruxsat berilgan).

Fuqarolarga ish joyiga borib kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun soat 07:00 dan 10:00 ga hamda 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yo‘lovchilar bilan birga), shu jumladan, velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga rusxat berilgan.

- Shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani (oraliq masofa 2 metr) saqlagan va niqoblar taqilgan holda sayr qilishga, bunda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalarining hamrohligida sayr qilishga;

- oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari va professor-o‘qituvchilariga ilmiy ishlarni davom ettirish maqsadida laboratoriya va kafedralar faoliyatlarini tiklashga ruxsat berildi.

Ushbu talablarni buzgan shaxslar qat’iy javobgarlikka tortiladi.

O‘zingiz va o‘zgalar salomatligiga befarq bo‘lmang!

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.