Viloyat IIB boshlig‘i Sh.Rahmonov: Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda bir qator tadbirlar o‘tkazildi
Avval xabar qilganimizdek, xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Sh.Rahmonov 2020 yilda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yilda viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bir qator profilaktik tadbirlar olib borilgan.
Xususan, 2020 yilning 10 avgustdan 10 sentyabrga qadar “TAFTISh” maxsus profilaktik tadbiri, 19 avgustdan 19 sentyabrga qadar “Ichkilikbozlikka qarshi kurashish oyligi” maxsus profilaktik tadbiri, 19 sentyabrdan boshlab “Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish oyligi” maxsus profilaktik tadbiri, 27 oktyabr kunidan boshlab ruhiy kasal, giyohvandlik va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar bilan profilaktik ishlar tadbiri, 17 noyabr kunidan boshlab viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish borasida hamkorlikdagi kompleks maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilgan.