Samarqand viloyati imom xatiblari o‘zlari ta’lim olgan o‘quv muassasalariga kitoblar sovg‘a qilmoqdalar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida navqiron avlod o‘rtasida kitobga mehrni uyg‘otish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Ushbu tashabbusni qo‘llab quvvatlash maqsadida Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov o‘zi tahsil olgan Urgut tumanidagi 54-umumta’lim maktabiga kitob sovg‘a qildi. Viloyatdagi barcha imom xatiblari ham ta’lim muassasalari, xususan, o‘zlari o‘qigan maktablar kutubxonasiga shaxsiy javonidan kitoblar sovg‘a qilmoqdalar.