Samarqand viloyatida 2 nafar bemor koronavirusdan soqit bo‘ldi
Bugun poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 19 nafar, Buxoro viloyatida 6 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 28 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.
Poytaxtimizda tuzalganlarning 10 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, ularning eng yoshi ulug‘i 66 yoshda, eng kichigi esa 10 yoshda. Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasi 4211 nafar holatda qayd etilgan bo‘lsa, endilikda ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 2470 nafarga yetdi.
Andijon viloyatida bugun kasallikdan forig‘ bo‘lgan 43 yoshli erkak bilan birga ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 181 nafarni tashkil qilmoqda. Viloyatda 13 nafar bemor davolanmoqda.
Buxoro viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘lganlarning 2 nafari erkak va 4 nafari ayol bo‘lib, ularning yoshi kattasi 52 yoshda, eng kichigi esa 2020 yilda tug‘ilgan qizaloqdir. Endilikda ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 478 nafarga yetib, 29 nafar bemor davolanmoqda.
Samarqand viloyatida bugun kasallikdan forig‘ bo‘lgan 51 yoshli ayol va 26 yoshli erkak bilan birga ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 386 nafarni tashkil qilmoqda. Viloyatda 26 nafar bemor davolanmoqda.
‼️Shunday qilib, bugun shu vaqtgacha 28 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4588 nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.