Samarqand viloyatida 2019 yilning besh oyida 29 mingdan ziyod haydovchi tezlikni oshirib fotoradarga tushdi

Joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida viloyat ichki ishlar boshqarmasi, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining kompyuterlashtirilgan tizimi, ya’ni fotoradarlar orqali jami 29441 ta holatda haydovchilarning tezlikni belgilangan me’yordan oshirish yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlandi.

Qoidabuzarliklarning 14 396 tasi bo‘yicha jarima undirilib, 15045 tasidan jarima undirishga oid tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Belgilangan jarimani o‘z muddatida, ya’ni 2 oy davomida to‘lamasdan transport vositasini boshqarib yurgan samarqandlik 5940 nafar haydovchi «Avtokon» qurilmasi orqali aniqlanib, haydovchilardan 3 milliard, 300 million so‘mdan ziyod jarima undirildi.

Samarqand viloyat IIB yo‘l harakati

xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.