Samarqand viloyatida qidiruvdagi shaxslarning 72 nafari Rossiya Federatsiyasida ushlangan
2019 yilning 7 oyi davomida Samarqand viloyati bo‘yicha jami 972 ta qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilardan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida 221 tasi ushlangan, 746 nafari qidirilmoqda. O‘tgan yilning shu davrida 1279 ta qidiruvda bo‘lgan shaxslardan 358 tasi ushlangan bo‘lib, 921 ta qidiruvdagi jinoyatchi qoldiqda qolgan.
Joriy yilning 7 oyi davomida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Samarqand viloyati prokuraturasi rahbariyatining tashabbusi bilan qidiruv yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, ya’ni viloyat bo‘yicha jami qidiruvda bo‘lgan 972 nafar shaxslarning yaqin qarindoshlari va joylardagi keng jamoatchilik ishtirokida tushuntirish ishlari olib borilganligi bois quyidagi ijobiy natijalarga erishildi.
Qidiruvdagi shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan olib borilgan suhbat va tushuntirish ishlari davomida o‘z ixtiyori bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 32 nafar qidiruvdagi shaxslar kelganligi sababli ularga nisbatan muqaddam qo‘llanilgan qamoq, munosib xulq atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot choralariga o‘zgartirildi.
Hozirgi kunda 746 nafar qidiruvdagi shaxslardan 72 nafari Rossiya Federatsiyasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ushlangan. Ularni O‘zbekiston Respublikasiga etap qilib olib kelish masalasi bilan bog‘liq hujjatlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek 2019 yilda boshqa davlatlarda yashirinib yurgan 36 nafar qidiruvdagi shaxslar aniqlanib O‘zbekiston Respublikasiga qaytarilib olib kelindi.
Samarqand viloyati IIB JQB.