Samarqand viloyatida yana bir mas’ul vazifaga tayinlov amalga oshirildi
- 25.12.2019 17:28
- 2824
- Samarqand

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha viloyat idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi lavozimiga Buyukjon Murodullayev tayinlandi.
Joriy yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan B.Murodullayev bungacha viloyat iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasida yurist lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha viloyat idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi lavozimi qariyb bir yildan buyon vakant bo‘lib turgandi.
Shaxsiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, 1996 yilda Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan B.Murodullayev rus, ingliz va fransuz tillarini biladi.
Teglar:
tayinlov
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandliklar sha’niga dog‘ tushirayotgan dabdaba
- 58 daqiqa avval
- Jamiyat
Ellik kilo uni bor odam boy hisoblanardi
- 2 soat avval
- Mutolaa
Murojaatchilar e’tirofidagi deputat
- Bugun, 14:35
- Jamiyat
Rossiya dronlari ilk bor NATO mamlakati hududida
- Bugun, 14:34
- Xorij