Samarqand viloyatining 9 ta shahar-tumanlari hududida tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

28 martdan 1 aprelga qadar Samarqand viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi bo‘limi hamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida viloyatning 9 ta shahar-tumanlari hududida tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, tadbirlar davomida:

– 3 dona ov quroli;
– 4 dona pnevmatik miltiq;
– 2 dona PR-73 rezina tayoq (dubinka);
– 27 dona bita;
– 1 dona elektroshok;
– 22 dona taqiqlangan diniy mazmundagi adabiyotlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olindi.
– 120 dona taqiqlangan diniy mazmundagi varaqalar ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingani aytilmoqda.

Shuningdek:
– 7 ta giyohvanlik vositalarining (20 gramm “marixuana”, 0,13 gr “Geroin”, 1 gugurt qitisida marixuana urug‘i, 14 dona “Regopen” va 21 dona “Lirika”) noqonuniy muomalasi;

– 6 ta qo‘lbola usulda yasalgan Juvoz (800 kg yog‘, 150 kg chigit) noqonuniy muomalasi;
– 2 dona tosh maydalashga mo‘ljallangan uskuna (tegirmon);

– 5 qop ruda toshlari; (har biri 40 kgdan 4 qopi maydalangan tosh zarralari) aniqlangan.

– 4 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan;

– 32 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy qamoqqa olingan.