“Samarqand” xalqaro aeroporti davlat-xususiy sheriklik asosida boshqariladi

23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida “Air Marakanda” MChJ XK va “Uzbekistan Airports” AJ o‘rtasida “Samarqand” xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish" loyihasining davlat-xususiy sheriklik bitimini imzolash bo‘yicha marosim bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Transport vazirligi, “Uzbekistan Airports” AJ “Air Marakanda” MChJ XK va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rahbarlari va boshqalar ishtirok etdi.

Mazkur bitim “Samarqand” xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga va aviatashuvchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, ular uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlarni yaratish, aeroportni boshqarish sohasida yetakchi xalqaro kompaniyalarni jalb qilish maqsadida “Samarqand” xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish doirasida imzolandi.