Samarqand yirik mintaqaviy konferensiyaga mezbonlik qildi
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali vakillari Innovative Centr’da bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda ishtirok etdi.
“Central Asia TEFL-2021” - bu xalqaro konferensiya bo‘lib, unda ingliz tilini o‘qitishda xalqaro ta’lim standartlarini tushunish, talabalarni onlayn va yuzma-yuz jalb qilish uchun zamonaviy usullarni qo‘llashga doir masalalar ko‘rib chiqiladi.
“Central Asia TEFL-2021” Markaziy Osiyo mamlakatlari - O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan ELT (ingliz tilini o‘qitish) mutaxassislarini birgalikda olib chiqishni maqsad qilgan birinchi tadbirdir. Anjuman ishtirokchilari chet elda faoliyat olib borayotgan hamkasblaridan malaka oshirdi va tanishdi. Konferensiyada Ukraina, Buyuk Britaniya, AQSh, Rossiya va boshqa mamlakat vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda mahalliy ekspertlar bilan bir qatorda xalqaro ekspertlar qatnashdi va chet tili sifatida ingliz tilini o‘qitish o‘qituvchilar bilim salohiyatiga to‘liq bog‘liqligidan tortib, ingliz tilini o‘rganishning zamonaviy metodlari haqida fikr bildirdi.
Til ekspertlari taqdim etgan prezentatsiyalar orqali o‘qituvchilar nafaqat boshqa davlatlardagi o‘qitish metodikalaridan xabardor bo‘lishlari, balki shu ekspertlarga o‘z savol va istaklarini bayon etishlari mumkin bo‘ldi.
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali axborot xizmati.