Samarqandda 1 kilogramdan ziyod «marixuana» savdosiga chek qo‘yildi
- 12.11.2020 23:15
- 229
- Jinoyat va jazo
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro A.K. 1105,27 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini 35 million so‘mga sotishga kelishib, shundan 15 million so‘m pul mablag‘ini sanab olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.
DBQ axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 26 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand