Samarqandda 15 ta ixtisoslashtirilgan maktab ochildi
- 06.09.2022 10:49
- 1595
- Ta’lim
Yangi o‘quv yilidan viloyatda 15 ta Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar ochildi. Jumladan, Qo‘shrabot tumanida 2 ta, qolgan tumanlarda bittadan ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi (Jomboy va Bulung‘ur tumanlaridan tashqari).
Dastlab ushbu maktablarga 35 mingdan ortiq o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 5074 nafari 5-11-sinflarga imtihon asosida saralab olindi.
Shuningdek, 3 mingdan ortiq talabgor o‘qituvchilarning 560 nafari tanlov asosida ishga olindi.
Kuni kecha barcha ixtisoslashtirilgan maktablarda “Bilimlar kuni” keng nishonlanib, yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.
Teglar:
Ixtisoslashtirilgan maktablar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqand shahri qanday modernizatsiya qilinadi?
- 31 daqiqa avval
- Samarqand
Ijtimoiy tarmoq yoshlarning vaqtini o‘g‘irlayapti
- 3 soat avval
- Jamiyat
Ta’lim aqlli intellekt girdobiga tushmasligi kerak
- Bugun, 12:49
- Ta’lim