Viloyatda 18 ta xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktablar tashkil etildi
Viloyat hokimining 2021 yil 25 iyundagi qarori bilan joriy yilda viloyatda 18 ta xorijiy tillarga ixtisoslashtirilib o‘qitiladigan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda viloyatda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari 25 ta bo‘lib, ularning 19 tasi to‘liq xorijiy tillariga ixtisoslashtirilgan. Ulardan 11 tasi ingliz tiliga (Qo‘shrabot tuman 82-, Urgut tuman 11-, Bulung‘ur tuman 5-, Nurobod tuman 3-, Narpay tuman 23-, Toyloq tuman 26-, Paxtachi tuman 18-, Jomboy tuman 7-, Samarqand tuman 21-, Past Darg‘om tuman 54-, Kattaqo‘rg‘on shahar 16-umumta’lim maktablari) ixtisoslashtirildi.
Shuningdek, 1 ta fransuz tili (Samarqand shahridagi 43-IDUM), 1 ta nemis tili (Samarqand shahar 51-IDUM), 1 ta ingliz va yapon tili (Samarqand shahar 37-IDUM), 1 ta yapon va ispan tili (Samarqand shahar 8-IDUM), 1 ta fransuz, ingliz va xitoy tili (Kattaqo‘rg‘on tuman 25-umumta’lim maktabi), 2 ta nemis va ingliz tili (Oqdaryo tuman 22-, Ishtixon tuman 38-umumta’lim maktablari), 1 ta nemis va koreys tiliga (Payariq tuman 8-IDUM) ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari tashkil etildi.
Bundan tashqari, viloyatda boshqa fanlar bilan birgalikda ingliz tiliga chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 6 ta maktab mavjud. Shundan matematika va ingliz tili fanlari chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 2 ta (Kattaqo‘rg‘on tuman 1-IDUM, Urgut tuman 136-IDUM), matematika, ona tili va ingliz tili fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladigan 3 ta (Jomboy tuman 40-IDUM, Ishtixon tuman 2-IDUM, Past Darg‘om tuman 28-IDUMI), ingliz tili va tarix fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladigan 1 ta (Samarqand tumani 2-IDUM) maktab tashkil etilgan.
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablardagi ixtisoslashgan sinflarda yangi o‘quv yilidan boshlab oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar dars beradi.
F.Boltayev,
viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.