Samarqandda 2044 nafar fuqaro karantin hisobidan chiqarilgan, 4281 nafari esa karantin holatida saqlanmoqda
Hozirgi kunda 2020 yilning 25 mart kuni soat 22:30 da “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdida kelgan 1051 nafar, ya’ni 987 nafar erkak, 56 nafar ayol, 8 nafar voyaga yetmagan yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari kichik mutaxassislarini tayyorlash markazi binosida karantin sharoitida saqlanmoqda.
Bundan tashqari, 36 nafar fuqarolar Samarqand tumani Salomatlikni tiklash shifoxonasida karantin sharoitida saqlanmoqda.
Samarqand temiryo‘l transport kasb-hunar kolleji yotoqxona binosida saqlanayotgan 142 nafar fuqarolar va Samarqand tumanidagi Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli “Do‘stlik” bolalar yozgi dam olish oromgohida saqlanayotgan 292 nafar fuqarolarning barchasi umumiy karantin holatidan chiqarilib, doimiy yashash manzillariga uy sharoitidagi karantinga olish uchun jo‘natildi.
Bugungi kunda Samarqand viloyatida mavjud maxsus karantin punktlari va davolash profilaktika muassasalarida jami 4281 nafar fuqarolar karantin holatida saqlanmoqda. Jumladan 3104 nafari uy sharoitida, 1177 nafari davolash profilaktika muassasalarida nazoratga olingan.
Bugungi kungacha viloyatimizda 1470 nafar fuqaro o‘z uyida va 574 nafar fuqaro tibbiyot muassasalaridan - karantin sharoitida saqlanayotgan jami 2044 nafar fuqarolar bugunga qadar karantin hisobidan chiqarildi.
Kunlik dezinfeksiya ishlari hamda sanitariya targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.
Viloyat koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish hududiy idoralararo shtabi.