Samarqandda 268 nafar iqtidorli o‘quvchi maktabni bitirmasdanoq dunyoning nufuzli OTMlari talabasi bo‘ldi

2020-2021 o‘quv yili yakuniga ko‘ra, Samarqandda o‘rta ta’lim maktabni bitirgan 50 589 nafar yigit-qizning 23,6 foizi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirdi. 268 nafar iqtidorli o‘quvchi esa hali maktabni bitirmasdanoq dunyodagi nufuzi oliy o‘quv yurtlariga talabalikka qabul qilindi. Shulardan biri Samarqand shahridagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisi Nazira Davroniydir (suratda - o‘ngdan birinchi). U hozirda AQShning Kolumbiya universitetida tahsil olmoqda.
Shuningdek, Samarqand shahridagi 35-maktab bitiruvchisi Farzona Ibragimova bir vaqtning o‘zida 11 ta oliy ta’lim muassasalariga, 17-maktab bitiruvchisi Umid Usmonov AQShning Yel universitetiga, 24-maktab bitiruvchisi Parviz Subhonqulov Xitoyning Duke Kunshan universitetiga, 50-maktab bitiruvchisi Talal Musayev Angliyaning Oksford universitetiga, 51-maktab bitiruvchisi Shahinabonu Jangirova AQShning Yel universitetiga o‘qishga qabul qilindi.