Samarqandda 3117 nafar abituriyent davlat xizmatlari markazi orqali ro‘yxatdan o‘tdi
- 20.07.2019 13:54
- 71
- Ta’lim
Samarqand viloyati respublikada abituriyentlardan ariza qabul qilish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi. Shu sabab abituriyentlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, ularga yaqindan ko‘mak berish maqsadida davlat xizmatlari markazi 24 soat davomida faoliyat yuritdi hamda 3117 nafar abituriyentni ro‘yxatdan o‘tkazdi.
- Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish davomida ayrim kamchiliklar kuzatildi, ammo bor kuch-g‘ayratimiz bilan yoshlarga xizmat ko‘rsatishga harakat qildik, - deydi Samarqand shahridagi Davlat xizmatlari markazi xodimi Rustam Norqulov. – Shuningdek, joriy yilning dastlabki ikki choragida 94 ming 906 nafar fuqaro murojaatlari markazimiz tomonidan qabul qilindi.
Teglar:
davlat xizmatlari markazi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa