Samarqandda amerikalik dramaturg Nil Saymonning asari asosida “97-xona” spektakli sahnalashtirildi
- 12.02.2020 16:38
- 128
- Afisha
Viloyat musiqali drama teatrida amerikalik dramaturg Nil Saymonning “Kaliforniya syuitasi” trilogiyasining uchinchi bo‘limi asosida rejissyor Shuhrat Sanaqulov tomonidan “97-xona” spektakli sahnalashtirildi.
Asar voqealari Samarqand shahridagi mehmonxonalardan birida bo‘lib o‘tadi. Unda hayotning kutilmagan holatlarini, zarbalarini o‘zaro ishonch, bir-biriga bo‘lgan hurmat hamda sadoqat bilan yengib o‘tgan er-xotinning sarguzashtlari hikoya qilinadi.
Spektakl nomining o‘zi ham kishini o‘ylantiradi. Nega 97-xona? Asarni tomosha qilib bunga javob topasiz.

Ushbu sahna asari 13 fevral kuni soat 15.00 da ilk bor namoyish etiladi.
Teglar:
teatr
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Vakillarimiz uchinchi turda to‘rt g‘alabaga erishdi
- 19/09, 09:10
- Sport
She’r aytgani keling Xivaga
- 18/09, 22:24
- Madaniyat