Samarqandda barcha umumta’lim maktablari “Kundalik.com” elektron tizimiga ulandi
Samarqandda “Kundalik.com” portaliga ulangan maktablar soni yana 684 taga ortib, viloyatimiz bo‘yicha ushbu tizimga ulangan maktablar jami 1268 tani tashkil qilmoqda.
- Viloyatimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari to‘liq sun’iy optik tolali internetga ulandi, - dedi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi maktablar bo‘limi boshlig‘i Abdutolib Qilichev. – Endi olis maktablar ham “Kundalik.com” elektron tizimida ishlay oladi. Yangi o‘quv yilidan davlat tasarrufidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qog‘oz shaklidagi jurnal tarqatilmaydi. Hozircha faqat nodavlat umumta’lim maktablari bundan mustasno.
Endilikda, 1 avgustdan boshlab viloyatdagi barcha maktab pedagoglarining “Kundalik.com” bo‘yicha bilimi va malakalarini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda.