Urgutlik maktab o‘quvchilari tibbiyot instituti faoliyati bilan tanishtirildi

Samarqand davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Urgut tumanidagi 36 ta umumta’lim maktabini qaramog‘iga olib, ularga metodik ko‘mak berib kelmoqda.

Yaqinda 200 dan ortiq maktab o‘quvchilari institut hayoti bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab o‘quvchilar institut bosh binosida bo‘ldi.

Ularni institut rektori, professor Jasur Rizayev kutib olib, ular uchun tibbiyotning zamonaviy muammolariga bag‘ishlagan master-klass tashkil qildi. Master-klass o‘quvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Maktab o‘quvchilariga institut rahbari tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Bosh binoda tuman maktablari o‘quvchilari institut axborot-resurs markazi, elektron kutubxona, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan o‘quv xonalar va institut tarixi muzeyi bilan tanishib chiqdi.

Institut ma’muriyati va maktablar bu kabi tadbirlarni doimiy ravishda o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldi.

SamDTI matbuot xizmati.