Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkaziladi

5-8 sentyabr kunlari Samarqand viloyatida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi.

MOQ xabariga ko‘ra, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalaridan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Reglamentga ko‘ra, sportchilar mazkur kubok bahsida 200, 500 va 1000 metr masofada bahs olib boradilar. O‘zbekiston kubogida erkaklar K-1, K-2, S-1, S-2, K-4, S-4, ayollar esa K-1, K-2 qayiqlarida yuqoridagi masofalarda chempionlik uchun kurash olib borishadi.

Shuningdek, musobaqa doirasida parakanoechilar ham g‘oliblik uchun bahs olib borishi belgilab qo‘yilgan. Unda ishtirokchilar KL-2-, KL-3, K-1, VL-3, S-1 yo‘nalishlarida 200 metr masofaga startga chiqishadi.