Samarqandda bolalar tagligi, plastik quvurlar, inkubatsion tuxum eksporti o‘zlashtirildi
Joriy yilning 9 oyi yakuni bilan viloyatdagi 450 ta eksportyor korxonalar tomonidan 208,9 million dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.
Bu haqda yaqinda bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari viloyat Kengashining oltmish oltinchi sessiyasida viloyat hokimi o‘rinbosari O.Xodjayev axborot bergan.
Axborotda qayd etilishicha, eksport bo‘yicha topshiriq ijrosi 100,5 foizga yoki 0,9 million dollarga ortig‘i bilan bajarilib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 157,0 foizga oshirilgan.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 70 ta yangi korxonalar eksportga jalb qilinib, ular tomonidan 10,8 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Shu bilan birgalikda 4 turdagi yangi tovarlar (bolalar tagligi, plastik quvurlar, inkubatsion tuxum, xashtag) eksporti o‘zlashtirilgan. Eksport geografiyasi esa 4 ta davlat (Slavakiya, Kipr, Jazoir, Marokash)ga kengaygan.
Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish, xorijiy investitsiya kiritish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda xorijiy hamkorlar topish maqsadida 653 nafar tadbirkorni chet eldagi hamda 1475 nafar tadbirkorlarga O‘zbekistondagi 22 ta ko‘rgazma, biznes forum, seminar va hamkorlik uchrashuvlarida ishtirok etishiga ko‘maklashilgan.
Biroq barcha hududlarida eksport prognozi ko‘rsatkichlari ijrosini qoniqarli deb bo‘lmaydi.
Misol uchun, Ishtixon tumanida 4,5 million dollar yoki 27 foizga, Qo‘shrabot tumanida 1,1 million dollar yoki 47 foizga, Paxtachi tumanida 1,3 million dollar yoki 52 foizga, Toyloq tumanida 15,6 million dollar yoki 62 foizga, Jomboy tumanida 15,5 million dollar yoki 78 foizga, Oqdaryo tumanida 10,3 million dollar yoki 80 foizga, Bulung‘ur tumanida 18,5 million dollar yoki 80 foizga va Kattaqo‘rg‘on shahrida 4,6 million dolla