Samarqandda yer maydonlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarning o‘zlashtirilishi hisobiga kengaydi
Viloyatda bugungacha ana shunday 41,2 ming gektar yer maydoni foydalanishga kiritildi.
- Shu yilning bahorida o‘zlashtirilgan 9,7 ming gektar yer maydonida oziq-ovqat ekinlari, dorivor o‘simliklar hamda bog‘ va tokzorlar barpo qilindi, — deydi viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi shu’ba boshlig‘i Toyir Duvlanov. — Natijada 2,3 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi.
Misol uchun, Bulung‘ur tumanidagi “Metin gurop impeks” MChJ tomonidan 1027 gektar lalmi yer maydoni o‘zlashtirilib, yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Xuddi shunday Nurobod tumanida “Sarikul Mega Agro” MChJda qiymati 10 million dollar bo‘lgan loyiha amalga oshirilib, 1450 gektar yer maydoni o‘zlashtirildi hamda 450 ta ish o‘rni yaratildi.