Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda fevral oyida 47 o‘rinli mehmonxona va 3 ta uy-mehmonxonalar ochildi

So‘nggi yillarda shahrimizda sayyohlar oqimining oshishi sabab, ularga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va ko‘paytirishga bo‘lgan talab kun sayin ortmoqda.

 Joriy yilning fevral oyida 47 o‘rinli "CINZANO COMPLEX HOTEL" mehmonxonasi, “Amir oila”,  "Antiza" hamda "YAKUBJON GUEST HOUSE" oilaviy mehmon uylari ochildi. Shuningdek, turistlarga har tomonlama sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida "FORTUNE TRAVEL", "SOFT SPACE" va "JAFAR TOURS" kabi yangi turistik firmalari o‘z faoliyatini boshladi.   

Bugungi kunda viloyatimizda 5008 o‘ringa ega 121 ta  mehmonxona va 30 ta mehmon uylari hamda 140 turistik firmalar sayyohlarga o‘z xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.       

Samarqand viloyati Turizmni

rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.