Samarqandda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi 4 nafar shaxs qo‘lga olindi
- 22.06.2021 16:59
- 119
- Jinoyat va jazo
12 iyun kuni Samarqand viloyati IIB jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Samarqand shahrida yashovchi 4 nafar shaxsdan jami 88 dona “Tramadol” giyohvandlik vositasi hujjatlashtirib olingan. Ushbu shaxslarning 2 nafari muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganligi uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
Giyohvandlik vositalari savdosi