Samarqandda hali kuzatilmagan yong‘in holati sodir etilgan
- 29.09.2019 15:36
- 973
- Jamiyat
Hali kuzatilmagan deyishimizga sabab bor. Bu haqda keyinroq...
Yaqinda Samarqand shahri Yangi hayot mahallasida M.Zaripovning molxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu aksariyat hollarda bo‘lgani kabi fuqaroning e’tiborsizligi oqibatida ochiq olovdan kelib chiqqan.
Biroq 8 sentyabrda Nurafshon mahallasidan hali kuzatilmagan holat tufayli chaqiriq bo‘ldi. Chaqiriqqa asosan yetib borgan guruh avtomashinada sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirgan. Aniqlanishicha, 1998 yilda ishlab chiqarilgan “Neksiya” rusumli avtomashinaga A.Galayevning kuyovi o‘t qo‘ygan.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, joriy yilning o‘tgan 8 oyida Samarqand shahrida 159 yong‘in sodir bo‘lgan. Ularning 111 tasi aholi turar joylarida ekanligi xavfsizlik masalasida har birimiz jiddiyroq o‘ylab ko‘rishimizni taqozo qiladi. Negaki, yong‘in oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
Dilshod NAJMIYeV,
Samarqand shahar YoXB inspektori.