Samarqandda hamyonbop xususiy maktablar tashkil etiladi

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan  Buyuk Britaniyaning “Acumen Education” hamda “MBU Capital” kompaniyalari vakillari Samarqandga tashrif buyurdi. 

Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari A.Nazirov hamrohligidagi delegatsiya a’zolarini Samarqand temir yo‘l vokzalida viloyat hokimining o‘rinbosari O.Xojayev hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Z.Karimov kutib oldi.

Mehmonlar dastlab Samarqand shahridagi ta’lim muassasalarida bo‘lib, dars o‘tish jarayonlari bilan tanishdi. Endi "Yoshlar markazi"da o‘tkaziladigan konferensiyada ishtirok etadi.

Ta’kidlash lozimki, Acumen Education va MBU Capital investitsiya kompaniyalari Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda viloyatimizda hamyonbop xususiy maktablar tarmog‘i yaratishni rejalashtirmoqda.