Samarqandda ichki ishlar organlarining namunali tayanch punkti g‘olibi kim bo‘ladi?

Bugun Samarqand yoshlar markazida bo‘lib o‘tadigan “Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punktlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida shu savolga javob topiladi.

Shuningdek, tanlovda “Eng faol profilaktika inspektori”, “Profilaktika inspektorining eng faol jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi”, “Adolatli yarashtirish komissiyasi raisi”, “Ibratli xotin-qizlar qo‘mitasi raisi”, “Eng faol yoshlar yetakchisi”, “Eng fidoyi mahalla raisi”, “Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha faol mutaxassis”, “Eng fidoyi sektor rahbari” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi.