Samarqandda Ijtimoiy soha va aholini qo‘llab quvvatlashga 2022 yilda 211,6 milliard so‘m ajratiladi

2022 yilda Samarqand viloyati yalpi hududiy mahsulotidan ijtimoiy soha va aholini qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga jami 3362,1 milliard so‘m (umumiy xarajatning 68,8 foizi) ajratilishi nazarda tutilmoqda.
Bu haqda zarnews’ga viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Oybek Oqbo‘tayev ma’lum qilmoqda.

Xususan, maktabgacha ta’lim xarajatlariga 211,6 milliard so‘m (2021 yilga nisbatan 125 foiz) ajratilishi ko‘zda tutilgan. Shundan 2,9 milliard so‘m maktabgacha ta’lim tashkilotlarini sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash uchun ajratiladi.

Umumiy ta’lim xarajatlariga 410,6 milliard so‘m (2021 yilga nisbatan 124 foiz) mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.