Samarqandda Imom Marg‘inoniyning qabri aniqlandi
Samarqanddagi mashhur "Chokardiza" qabristonida aniqlangan ushbu noyob topilma muallifi shunday deydi:
– Imom Nasafiyning "Qandiya" asarida ta’kidlanishicha, Chokardiza mavzei IX asr oxiri, X asr boshlarida yashab o‘tgan samarqandlik mashhur fiqhshunos Abu Ishoq Ibrohim Sammosiy al-Mutavavining bog‘i bo‘lgan. O‘sha bog‘ egasi vafot etgach, shu hududdagi tepalikka dafn etilgan. So‘ng bog‘ Imom Abu Lays Samarqandiy qo‘liga o‘tadi. Bu zot hozirda bog‘ egasining qizi tomonidan nabirasi yoki ma’naviy shogirdi sifatida taxmin qilinadi. Bu kishi ham vafotidan so‘ng shu yerga dafn etiladi. Musulmon olamida ilmi kalom va ilmi hikmat asoschilari Imom Moturidiy, Abulqosim al-Hakim Samarqandiy kabi bobokalonlarimizning xoki ham shu yerga qo‘yilgan. Aslida "Chokardiza" qabristonining nom qozonishiga ana shu uch imomning mazkur maskanda dafn qilinishi sabab bo‘lgan.
Biz topgan qo‘lyozmada Marg‘inoniyning qabri o‘rni aniq – G‘ijduvoniy ko‘chasiga burilishdagi chap burchakda, birinchi hovlida, deb ishonchli ko‘rsatilgan. Shu asosda topilmani ikki yil mobaynida qayta-qayta tekshirdik, dalillarni olimlar ishtirokida tahlil qildik.
Abduvali EShQOBILOV yozib oldi.
Tafsilotlarni “Zarafshon” gazetasining 51-sonida o‘qing!