Samarqandda isitish mavsumi 15 oktyabrdan boshlandi

Samarqand viloyati hokimining farmoyishiga ko‘ra, viloyat hududidagi ijtimoiy soha ob’yektlari hamda turar joy binolarini isitish mavsumi 2020 yil 15 oktyabrdan boshlanadi.

Farmoyish bilan “Hududgaz Samarqand” MChJga tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlarni suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, “Ko‘mir ta’minot” MChJ viloyat filialiga ijtimoiy soha muassasalariga joriy yil 1 noyabrga qadar, aholiga esa 1 dekabrgacha ko‘mir mahsulotlarini to‘liq yetkazib berish vazifasi yuklatildi