Samarqandda «Marokand city» savdo markazi ochiladi

Samarqandda Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yaqinda «Marokand city» savdo-ko‘ngilochar markazi o‘z faoliyatini boshlaydi.

Ushbu markazda bolalar uchun qiziqarli maydonchalar va attraksionlar, zargarlik do‘konlari, oziq-ovqat kortlari, kiyim-kechak do‘konlari, sanoat mahsulotlari va boshqa ko‘plab savdo rastalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Mahsulotlar turlarining xilma-xilligi xaridorlarning barcha mahsulotlarni bir joyning o‘zidan olish imkonini yaratib beradi.

Mehmonlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida yirik avtoturargoh tashkil etilgan.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, «Marokand city» savdo markazining ochilishi joriy yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 21 milliard 125 million so‘mni tashkil etadi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida 170 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.