Samarqandda "metan zapravka"lar ertalab soat 05:00 dan kechki soat 17:00 gacha ishlaydi
- 12.12.2025 15:50
- 106
- Samarqand
Energetika vazirligining xabariga asosan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’yektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishining oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan respublika bo‘ylab “metan zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.
"Viloyatimizda ham viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi 135 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati ertalab soat 05:00 dan kechki soat 17:00 ga qadar etib belgilandi - deyiladi "Hududgaz Samarqand" gaz ta’minoti filiali axborot xizmati xabarida. - Bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz. Holat haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi".