Samarqandda psixotrop moddani reklama qilgan tadbirkor javobgarlikka tortildi
Aniqlanishicha, Samarqand shahridagi ko‘chalarning birida 6x3 metr kvadrat o‘lchamdagi tashqi reklama qurilmasiga xususiy tadbirkor tomonidan qonunga zid reklama joylashtirilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining xatida mazkur tashqi reklamada ko‘rsatilgan QR-kod orqali kirilsa, staff-mefedron, kristall, spid kabi psixotrop turdagi moddalarni sotib olish mumkinligi bayon etilgan.
“Reklama to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan ta’qiqlangan mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish, fuqarolarning sog‘ligi yoki hayotiga va atrof-muhitga zarur yetkazuvchi yoxud zarur yetkazishi mumkin bo‘lgan, shuningdek, xavfsizlik vositalariga e’tiborsizlik tuyg‘usini uyg‘otuvchi harakatlarga da’vat qilish ta’qiqlangan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-1 moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilingan ushbu ish Samarqand shahar ma’muriy sudining ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.
Sud qaroriga asosan xususiy tadbirkorga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, ya’ni 1 million 115 ming so‘m miqdorida jarima tayinlangan.