Samarqandda qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi
Samarqand viloyati hududida davom etayotgan “Huquqbuzarliklarga qarshi kurash oyligi” tezkor profilaktik tadbirlari davomida 1 fevraldan 10 fevralga qadar 4 nafar jinoyat sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxslar ushlandi hamda 8 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslar topildi.
Tezkor profilaktik tadbirlar doirasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan qidirilayotgan shaxs, 1972 yilda tug‘ilgan R.Sh. Paxtachi tuman IIB jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan ushlandi.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan qidirilayotgan shaxs, 1981 yilda tug‘ilgan A.G‘. Toshkent viloyati “Qoplonbek” chegara postida Oqdaryo tumani IIB jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Jinoyat kodeksining 160-moddasi 1-qismi bilan qidirilayotgan shaxs, 1971 yilda tug‘ilgan O.F. viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Tojikiston Respublikasi chegara postidan o‘tayotgan vaqtida “Jartepa” chegara postida ushlandi.
Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumani sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, 1970 yilda tug‘ilgan S.O. Samarqand viloyati IIB jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan Samarqand shahar aeroporti hududida qo‘lga tushirildi.
“Huquqbuzarliklarga qarshi kurash oyligi” tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.