Samarqandda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l bo‘yi turizm infratuzilmasi yaxshilanmoqda
Vazirlar Mahkamasining "Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, viloyatga tashrif buyuruvchi sayyohlarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha Samarqandda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yo‘li bo‘yida faoliyat olib borayotgan turizmga yondosh infratuzilma ob’yektlarida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari natijasida sayyohlar uchun qulayliklar yaratilmoqda.
Toyloq tumani magistral yo‘l bo‘yidagi sanitariya-gigiyena shoxobchalarining umumiy holati bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar kuzatilib, tumanda faoliyat olib borayotgan "Humoyun Gaz Invest" MChJga qarashli yoqilg‘i qo‘yish shoxobchasida zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobcha, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun kutish joyi, savdo do‘koni, namozxona va tahoratxona foydalanishga topshirildi.
Viloyatda amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun zarur imkoniyatlarni yaratib beradi.