Samarqandda serjantlar forumi o‘tkazilmoqda

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashabbusi bilan serjantlar forumi tashkil etildi. Unda Milliy gvardiya, davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar hamda davlat bojxona tizimida xizmat qilayotgan serjantlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Forumning ochilish marosimida mamlakatimizning turli hududlarida xizmat qilayotgan serjantlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, ularning jamoatchilik vakillari bilan hamkorligini mustahkamlash muhim ekanligi ta’kidlandi.

Forum doirasida turli ko‘rgazmalar, dala-o‘quv mashg‘ulotlari, ko‘rik-tanlovlar, madaniy dasturlar, tarixiy obidalarga sayohatlar uyushtirilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.
Forum 23 noyabrga qadar davom etadi.

Shahnoza QO‘ShOQOVA.