Samarqandda shu yilning 9 oyida korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar bilan bog‘liq 20 ta holat qayd etildi
Bu haqda viloyat davlat arxivi boshqarmasida o‘tkazilgan davra suhbatida aytildi.
Barcha shahar va tuman davlat arxivi bo‘limlar rahbarlari ishtirok etgan tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan korrupsiya illatning kelib chiqish sabablari va oqibatlari haqida aniq faktlar asosida ma’lumot berildi. Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tashkil etilgani hamda uning faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritildi.
- Joriy yilning 9 oyi davomida qayd etilgan korrupsiya bilan bog‘liq 20 ta jinoyatning 5 tasi ta’lim, 3 tasi tibbiyot sohasida aniqlandi, - dedi viloyat ichki ishlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.Kattaqulov. - Iqtisodiy jinoyatlarning esa 2 tasi bank, 1 tasi kadastr, 1 tasi agrosanoat, 1 tasi energetika, 7 tasi boshqa sohalar bilan bog‘liq bo‘ldi. Mazkur jinoyatlar oqibatida davlatga qariyb bir milliard so‘m moddiy zarar yetkazilgani aniqlanib, ushbu mablag‘ undirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, davra suhbatida arxiv fondida saqlanayotgan xujjatlar ayniqsa, shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonun talablariga amal qilgan holda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish kerakligi ta’kidlandi.
H.ELTOYeV.