Samarqandda taksi haydovchisi xabar bergan yong‘in bartaraf etildi. Qorovul 4 foiz kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan
Yaqinda tunggi soat 03:05 da Samarqand shahar FVB dispetcherlik xizmatiga yo‘lda harakatlanib ketayotgan taksi haydovchisi qo‘ng‘iroq qilgan.
U Samarqand shahridagi Panjakent ko‘chasi, 182-uyda joylashgan “Yong‘inga qarshi kurashish jamiyat jasorat” xususiy tashkilotida chaqnash bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar bergan.
Ushbu xabar asosida Samarqand shahrini yong‘indan muhofaza qiluvchi 6-yong‘inga qarshi kurashish guruhi jangovar ekipajlari soat 03:18 da voqea joyiga yetib borgan. Tilsiz yov bir soat ichida - soat 04:18 da to‘liq bartaraf etilgan.
Aniqlanishicha, “Yong‘inga qarshi kurashish jamiyat jasorat” tashkiloti qorovulxonasida gaz va havo aralashmasi chaqnash oqibatida yong‘inga aylangan. Tilsiz yov tufayli qorovul - 1953 yilda tug‘ilgan fuqaro X.V. 4 foiz kuyish tan jarohati olgan. U tezlik bilan Samarqand shahridagi tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limiga yetkazilib, zarur yordam ko‘rsatilishi ta’minlangan.
S.BAShIROV,
Samarqand shahar FVB xodimi, katta serjant.